Sirdaryoda 1-Xalqaro investitsiya forumi ish boshladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Sirdarye nachalsya Mejdunarodniy investitsionniy forum
V Sirdarye nachalsya Mejdunarodniy investitsionniy forum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo vohasi xorijiy investorlar uchun ilk marta o‘z eshiklarini keng ochmoqda.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Sirdaryo viloyati Guliston shahrida  I Xalkaro investitsiya forumi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Gorod Gulistan - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryo viloyati Xalqaro investitsion forumga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Viloyat hokimi G‘ofirjon Mirzayev Sirdaryo viloyatining ichki imkoniyatlari va investitsiyaviy jozibadorligining ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi.

“Birinchidan, qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni ishga solish, paxtachalik klasteri, investiv bog‘lar, logistika markazlarini qurish, shuningdek, chorvachilik, baliqchilik klasterlarini tashkil qilish. Ikkinchidan, sanoat sohasi, shu jumladan, yengil sanoat ipakchilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyo sanoati, shu bilan birga muqobil elektr manbalaridan foydalanishni rivojlantirish. Uchinchidan, turizm, shu jumladan, yangi mehmonxonalar, ko‘ngilochar markazlar va boshqa turizm infratuzilmalarini rivojlantirish. To‘rtinchidan, texnoparklar, xorijiy yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarini tashkil qilish, xususiy tibbiyot hamda axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirishdan iboratdir”, - dedi hokim o‘z chiqishida.

Sirdaryo vohasi xorijiy investorlar uchun ilk marta o‘z eshiklarini keng ochmoqda. Ushbu o‘tkazilayotgan forumda ikki yuz million dollardan ortiq investitsion va eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, bugun Guliston shahridagi “Yurt bayrog‘i” maydonida balandligi 65 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i ramziy ko‘tariladi. Xalqaro investitsiya forumi doirasida "Gul bayrami", "Qovun sayli" va "Qushlar bayrami" ham tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0