UzAuto Motors Malibu va Tracker avtomobillariga bayramona chegirma e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Chegirmalar 2019-yilning 21-avgustidan 10-sentabriga qadar amal qiladi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi Malibu Turbo hamda Tracker Premier AT avtomobillarini xarid etishga chegirma e’lon qildi.

Avtomobil Chevrolet Malibu - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto Motors tejamkor dvigatelli yangilangan Malibu modelini taqdim etdi

Chegirmalar Mustaqillik bayrami munosabati bilan e’lon qilingan.

"Eng ulug‘ ayyomimiz arafasida tashkil qilingan aksiya doirasida ushbu modeldagi avtomobillar uchun 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan xaridor 20 million so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan chegirmali narxlar quyidagicha: 

Malibu Turbo 2,0 — 302 mln. so‘m o‘rnigi 282 mln. so‘m; Malibu Turbo 1,5 —270 mln. so‘m o‘rniga 250 mln. so‘m; Tracker Premier AT —  215 mln. so‘m o‘rniga 190 mln. so‘m.

Chegirmalar 2019-yilning 21-avgustidan 10-sentabriga qadar amal qiladi.

Yangiliklar lentasi
0