Sirdaryo viloyati Xalqaro investitsion forumga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishGorod Gulistan
Gorod Gulistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forum doirasida viloyatda qator madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Ertaga, 22-avgust kuni, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida chet el kompaniyalari va diplomatik korpus ishtirokida I Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev predlojil usilit kontrol za investitsiyami - Sputnik O‘zbekiston
Eksport, investitsiya va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

Forum dasturidan seksiya yig‘ilishlari, Sirdaryo viloyati ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi, "B2G" va "B2B" shakllaridagi kooperatsiya birjasi hamda viloyat hokimining mahalliy va xorijiy OAV vakillari uchun brifingi o‘rin olgan.

Ushbu forum Sirdaryo viloyatining chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligiga yangi impuls berishi va viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilishiga ko‘mak berishi kutilmoqda.

Tadbirda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolanadi.

Shuningdek, Xalqaro investitsiya forumi doirasida "Gul bayrami", "Qovun sayli" va "Qushlar bayrami" ham tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0