Endi O‘zbekistonda: Armiya o‘yinlari-2019

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor V Xalqaro armiya o‘yinlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston harbiylari 14 ta bellashuvda ishtirok etadi. Bu o‘yinlarda o‘zbekistonliklar uchinchi marotaba ishtirok etadi. Musobaqada jami 22 ta davlat harbiylari ishtirok etadi.

“Harbiy-tibbiy estafeta” uchun Jizzax viloyatidagi “Forish” poligoni tanlandi. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik harbiylar bu yil ilk bor tank biatloni va “Rembat” bellashuvida qatnashadi.

4 avgust kuni boshlanadigan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Armaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Zimbabve, Qozog‘iston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar g‘oliblik uchun o‘zaro kurashadi.

Yangiliklar lentasi
0