Litsenziyaga ega bo‘lmagan OTM abituriyentlarni qabul qilgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarshida tashkil etilgan “Xalqaro Ijtimoiy-iqtisodiyot universtiteti”ning faoliyati noqonuniy - Vazirlar Mahkamasi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Qarshida tashkil etilgan “Xalqaro Ijtimoiy-iqtisodiyot universtiteti” abituriyentlardan hujjat qabul qilib, kontrakt pulini to‘lagan har bir kishini o‘qishga qabul qilishni va’da berayotgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim inspeksiyasi ogohlartirish e’lon qildi.

“Oliy o‘quv yurtida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarga va ularning ota-onalariga “Xalqaro Ijtimoiy-iqtisodiyot universtiteti” nodavlat oliy ta’lim muassasasi hech qanday litsenziyaga ega emasligini va ularning faoliyati noqonuniyligini eslatib o‘tmoqchimiz va bunday yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyilgan xabarda.

Ta’lim inspeksiyasi ushbu “universtitet” oldin ham litsenziya olish uchun bir necha bor murojaat qilganini aytib o‘tgan.

Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qancha abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi?

Lekin ushbu muassasa talabga javob beradigan bino va inshootlar bo‘lmagani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari va texnik vositalar mavjud emasligi sababli litsenziya berishga rad etilgan.

Ushbu muassasaning norasmiy faoliyati bo‘yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga xat yuborilgan.

Shu bilan birga, litsenziya olgan nodavlat ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlarni Vazirlar Mahkaamsi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-sahifasida joylashgan litsenziyalar reyestri orqali to‘liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0