TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuvni uning “Zaslavl” davlat qarorgohida o‘tkazildi, deb xabar qildi Belarus prezidenti matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, davlat rahbarlari qarorgoh hududini sayr qildi, so‘ng sovg‘alar almashdi.
© Press-slujba prezidenta BelarusiAleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidensii "Zaslavl"

Aleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidensii "Zaslavl"
Lukashenko o‘zbekistonlik hamkasbiga “Belarus” pannosi va milliy ko‘ylak, uning kichik o‘g‘li Nikolay esa zubr haykalchasini taqdim etdi.
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentiga xokkeychi haykalchasini sovg‘a qildi.
Prezidentlar norasmiy sharoitda suhbat qurdi. Buning uchun joy sifatida Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoga o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida sovg‘a qilgan o‘yma naqshli shiyponcha tanlandi.