Mo‘g‘ilistondan O‘zbekistonga go‘sht olib kelish yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Mo‘g‘ilistonga quruq va ho‘l mevalarni, poliz, uzum va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Veterinariya davlat qo‘mitasi “Mongoliya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini tayyorladi.

Uzbekskaya valyuta - sum  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayrim mahsulotlarning aksiz solig‘i stavkasi oshiriladi

Unda Mo‘g‘iliston Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi takliflar bayon etilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi hamda Mo‘g‘iliston Respublikasi o‘rtasida havo yo‘llari va boshqa transport koridorlarini tashkil etish;

- O‘zbekiston Respublikasidan Mo‘g‘iliston Respublikasiga quruq va ho‘l mevalarni, poliz, uzum va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish;

- Mo‘g‘iliston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda boshqa zarur turdagi xom-ashyolarni olib kelishni tashkil etish.

““O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Mongoliya Respublikasiga havo yo‘llari koridorini bir oy muddatda tashkil etsin hamda mahsulotlarni tashish va ushbu davlatdan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini olib kelishda ko‘rsatiladigan xizmatlarni maqbul narxlarda amalga oshirsin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Loyihada aytilishicha, transport vazirligi Mo‘g‘ilistonga mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek ushbu davlatdan go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda boshqa zarur turdagi xom-ashyolarni bir oy muddatda maxsus transportlar orqali olib kelishni tashkil etiladi.

Shuningdek, qaror loyihasiga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quruq va xo‘l mevalar, meva sharbatlari hamda boshqa mahsulotlarni Mo‘g‘ilistonga eksport qiluvchi va ushbu davlatdan go‘sht olib keluvchi korxonalar ro‘yxati ilova qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada 2020-yildan sifati, veterinariya nuqtayi-nazaridan kafolatlangan go‘shtlarni elektron ma’lumotlar bazasi joriy qilinishi haqida xabar berilgandi. 

Yangiliklar lentasi
0