O‘zbekiston fuqarosi Butunjahon banki xodimiga pora berishga urindi

Obuna bo‘lish
Bu kompaniyalardan biriga uch yillik ta’qiqqa tushishiga sabab bo‘ldi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi va "Fides Solutions" kompaniyasi Butunjahon banki xodimiga pora berishda ayblanmoqda. Bu haqda Butunjahon bankining rasmiy saytida xabar berilgan.

O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sanksiyalar uning shartli ravishda ozod etilishi va faoliyatiga doir uch yillik ta’qiq qo‘llanilishini nazarda tutadi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosi va "Fides Solutions" kompaniyasi O‘zbekistondagi oliy ta’limni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida shartnomaga ta’sir ko‘rsatish uchun Butunjahon banki xodimiga pora taklif qilganlikda ayblanmoqda. Bank bayonotiga ko‘ra, bank xodimiga loyihaga ta’sir ko‘rsatishi uchun ma’lum qiymatdagi narsa (nimaligi aniqlanmagan) taklif etilgan.

Bunga javoban kompaniya tomonidan hech qanday javob kelib tushmagan, shu bois Butunjahon bankining lavozimidan chetlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan tavsiya etilgan sanksiyalar joriy yil 17-iyuldan boshlab kuchga kirgan.

Ta’kidlash joizki, "Fides Solution" kompaniyasi "1S" firmasining programmaga oid mahsulotlari, buxgalteriya va boshqaruv hisobi sohasida konsalting xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0