Paola Pliyego jahon chempionatida meksikalik qilichbozga yutqazdi

© NOK UzbekistanaMeksikanskaya fextovalshitsa Paola Pliyego
Meksikanskaya fextovalshitsa Paola Pliyego  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqaroligi olgan sportchi Paola Pliyego meksikalik Natalii Botelloga yutqazdi.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. O‘zbekistonlik qilichboz ayollar, shu jumladan Paola Pliyego Vengriyada o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida keyingi bosqichga o‘ta olishmadi. Bu haqda Repost.uz. xabar qildi.

Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston
Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi

O‘zbekistonlik sportchi Zaynab Dayibekova ruminiyalik Bianka Paskune 10:15 hisobda mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekiston fuqarosini olgan Paola Pliyego meksikalik Natalii Botelloga 14:15 hisobda yutqazdi.

Sevinch Ismoilova Turkiyadan kelgan sportchi Irina Shuklega 6:15 hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Yana bir o‘zbekistonlik sportchisi Yana Obdinseva fransiyalik Karolina Kueroliga 11:15 hisobda yutqazdi.

Shu bilan o‘zbekistonlik sportchilar jahon chempionatda yakka turda o‘z ishtirokini yakunlashdi.

Keyinchalik o‘zbekistonlik sportchilarini shpaga bo‘yicha jamoa va yakka turdagi o‘yinlar kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatda ilk bor kelib chiqishi meksikalik bo‘lgan Paola Pliyego O‘zbekiston terma jamoasi tarkibda ishtirok etdi.

Paola Pliyego 1994-yilda Meksikada tug‘ilgan. U qilichbozlik bo‘yicha Panamerika chempionatida bronza medali sovrindori bo‘lgan. 2016-yilda esa u doping mojarosi tufayli Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmadi.

Yangiliklar lentasi
0