TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Ushbu hafta o‘rtasidan O‘zbekistondagi anomal issiqni yomg‘ir va momaqaldiroq egallaydi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Chorshanba kunidan boshlab jazirama o‘rnini keskin ravishda yomg‘ir va chaqmoqlar egallaydi, bugun ham o‘zbekistonliklar 45 daraja issiqqa bardosh berishlari kerak bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ro‘y beradi. Havo harorati +28 - +33 daraja pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo harorati pasaya boshlaydi – kunduzgi soatlarda +33 − +38 darajani tashkil etadi.
Ammo jazirama kunlar chekinishi vaqtinchalik - dam olish kunlariga kelib havo harorati yana ko‘tariladi va kunduzi +40 darajani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda iyun oyi o‘rtalarida havo harorati keskin o‘zgargan va kechasi 15 darajagacha tushgan edi.