O‘zbekistonda dollar kursi uzluksiz ravishda ko‘tarilmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 2-iyuldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 12,4 so‘mga ko‘tarilib, 8 574,74 so‘mni tashkil qildi.

Yevro esa 15,8 so‘mga ko‘tarilib, 9 747,76 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,49 so‘mga ko‘tarilib, 135,83 so‘mni tashkil qildi.

Dollar kursi aprel oyining oxirlarida pasayganidan so‘ng ketma-ket ravishda ko‘tarilishda davom etmoqda.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Yangiliklar lentasi
0