Diplomatiya universitetiga hujjatlar 5-iyulgacha qabul qilinadi

© TelegramV Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kirish imtihonlarining birinchi bosqichidan o‘ta olmagan abituriyentlar boshqa OTMlarga hujjat topshirishga ulgurishlari uchun, Diplomatiya universitetiga hujjat topshirish 5-iyulda yakunlanadi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetiga qabul 5-iyulga qadar davom etadi, boshqa oliygohlarda esa 15-iyulgacha, buning sababi nimada?

Ushbu savol bilan Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorovga murojaat qilgan O‘zA, quyidagi javobni olgan.

"O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul 15-iyulgacha deb belgilangan. Faqat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun alohida qaror chiqqan. Ularda sinovlarning birinchi bosqichi 5-iyulga qadar yakunlanishi kerak. Shuning uchun ularda hujjat qabul qilish avvalroq yakunlandi. Lekin, bunda ilk sinovlardan o‘ta olmagan abituriyentlar boshqa OTMga topshirishga imkoni bo‘ladi", - dedi mutaxassis. 

Shu sababli Diplomatiya univeristetiga hujjatlar qabuli 5-iyulgacha, kirish imtihonining birinchi bosqichi esa 9-14 iyul kunlarida o‘tkazilib, natijalari e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0