Ufada bemorga yordam berishdan voz kechgan feldsher ishi tekshirilmoqda

© Sputnik / Anastasiya Makaricheva / Mediabankka o‘tishVzrivi na zavode v Dzerjinske
Vzrivi na zavode v Dzerjinske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemorga yordam berishdan voz kechgan tez yordam feldsherining hatti-harakatlariga Rossiya Tergov Qo‘mitasi baho beradi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Biroz oldin internetda bemorga yordam berishdan voz kechgan tez yordam feldsheri aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu voqea bir zumda Rossiya OAVlari va huquqni saqlash organlari diqqatini tortdi, Birinchi kanal xabariga asosan.

Voqea Boshqirdiston o‘lkasining Ufa shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Shaurma sotadigan do‘konda ishlaydigan o‘zbekistonlik mehnat migranti o‘zini yomon his qilib qolgan. Shu yaqin atrofda bo‘lganlar darhol tez yordam chaqirishgan, lekin u ha deganda kelavermagan.

Shunda yordam chaqirayotganlardan biri parkovkada turgan tez yordam mashinasini ko‘rib qoladi, va uning oldiga yugurib borib mashina ichida o‘tirgan feldsherdan yordam so‘raydi. Qiz bolaning harchand urinishiga qaramasdan feldsher qo‘pol ravishda unga rad javobini beradi.

Og‘ir ahvolga tushib qolgan (taxminan mikroinsult) mehnat miggrantiga shu atrofdagi magazinda ishlaydigan sotuvchi yordamga keladi. Keyin ma’lum bo‘lishicha u oldin 20-yil hamshira bo‘lib ishlagan ekan. Sotuvchi va yana bir necha migrantlar faol yordamida be’morning hayoti saqlab qolinadi. Ayni damda u kasalxonaga joylashtirilgan va davolanmoqda.

Ushbu voqea OAVda yoritilganidan so‘ng, Rossiya Tergov qo‘mitasi o‘z tekshiruvni boshladi. Tez yordami mashinasi qaysi shifoxonaga tegishli bo‘lgani aniqlangan va ayni damda sudgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shifokorning hatti-harakatiga huquqiy baho beriladi, dedi Rossiya Tergov qo‘mitasining Boshqirdiston bo‘yicha vakili Yevgeniy Kanevskiy.

Yangiliklar lentasi
0