Buratiyada samolyot qulab tushdi, qurbonlar bor – video

© vk.com / Respublika BuratiyaTushenie pojara na meste krusheniya samoleta AN-24 v Buratii
Tushenie pojara na meste krusheniya samoleta AN-24 v Buratii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buratiyada “Angara” kompaniyasining An-24 yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi. Samolyot bortida jami 49 kishi, jumladan, bir bola bo‘lgan.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Buratiyada “Angara” kompaniyasining An-24 yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Samolyot Nijneangarskda favqulodda qo‘nayotgan vaqtda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va tozalash qurilmalari binosiga kelib urilib, yonib ketgan. Yong‘in oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Jabrlangan 19 nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan. Samolyot bortida jami 49 kishi, jumladan, bir bola bo‘lganligi aytilmoqda.

Hozirda yong‘in bartaraf etilgan.

Yo‘lovchilardan biri qo‘nish chog‘ida video olib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

 

Yangiliklar lentasi
0