Polshada ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi

Obuna bo‘lish
Ostrov Mazoveski shahrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Uning oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Polshada ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi. Bu haqda TIV xabar qildi.

O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yil 22-iyun kuni Polshaning Ostrov Mazoveski shahri yaqinidagi avtomobil yo‘lida mamlakat fuqarolari A.M. va J.Dj. ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, uning oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Passajir v poyezde - Sputnik O‘zbekiston
TIV Qozog‘istonda to‘xtab qolgan poyezd yo‘lovchilarining taqdirini ma’lum qildi

Ostrov Mazoveski shahri politsiyasi axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, avtomobil haydovchisi A.M.ga nisbatan “ikki kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini buzish” ayblovi e’lon qilinib, uni sudga qadar tergov izolyatoriga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Yo‘lovchi, O‘zbekiston fuqarosi J.Dj.ga tibbiy yordam ko‘rsatilib, u guvoh sifatida so‘roq qilingan.

“Elchixona vaziyatni nazoratga olgan”, - deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departament Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +48-22-894-62-30 (2)

Yangiliklar lentasi
0