Meros tufayli ukasining turmush o‘rtog‘i va qizini pichoqlab o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Fuqaro meros qolgan uyni sotishdan tushgan 97 mln. so‘mni o‘zaro taqsimlashda ukasi bilan yuzaga kelgan nizo oqibatida ukasining turmush o‘rtog‘i va ikki nafar qizini pichoqlab, hodisa joyidan qochib yashiringan.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Namangan viloyatida meros tufayli ukasining turmush o‘rtog‘i va qizini pichoqlab o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi.

Mujchina dushit devushku. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Gulistonda rashk tufayli sodir etilgan qotillik tafsilotlarini ochiqladi

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, 24-iyun kuni fuqaro A.A. (1961 y.t.) meros qolgan uyni sotishdan tushgan 97 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘zaro taqsimlashda ukasi bilan yuzaga kelgan nizo oqibatida ukasining uyida uning oila a’zolari bilan o‘zaro janjallashgan. Qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan dastlab ukasining turmush o‘rtog‘i G.M. (1964 y.t.) hamda uning qizlari X.A. (1987 y.t.) va G.A. (1994 y.t.)larning tanalarining turli joylariga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib yashiringan.

“Olgan tan jarohatlari oqibatida G.M. va uning qizi X.A.lar hodisa joyida vafot etganlar, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida G.A.ning hayoti saqlab qolindi”, - deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan qotilga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyatchi tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0