Makgregor Abu-Dabidagi Nurmagomedovning jangiga kelishi mumkin - UFC rahbari

© AP Photo/John LocherBoy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Makgregor Abu-Dabida o‘tkaziladigan rossiyalik Habib Nurmagomedov va aqshlik Dastin Puarye jangiga tashrif buyurishi mumkin.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor 7-sentabrda, Abu-Dabidagi oktagonda rossiyalik Habib Nurmagomedov va aqshlik Dastin Puarye jangiga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda UFC prezidenti Deyn Uayt ma’lum qildi.

Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom - Sputnik O‘zbekiston
Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llaganda Konorning yuragini sug‘urib olmoqchi bo‘lgan

“Oxirgi vaqt ichida Konor pozitsiyasida hech narsa o‘zgarmadi: u Habib bilan revansh jangini xohlamoqda. Biroq biz Habibning sentabrdagi jangni kutishimiz kerak... Konor Abu-Dabidagi jangga kelishi mumkin. Ehtimol u Habib jangida bo‘ladi”, - dedi Uayt.

UFC rahbari fikriga ko‘ra, Konorning BAAda paydo bo‘lishi muammo bo‘lmaydi.

O‘tgan yil kuzda Nurmagomedov Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi. Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, to‘rtinchi raungda g‘alaba qozondi.

UFC amaldagi chempion kelgusi jangini amerikalik Dastin Porye bilan o‘tkazadi. Jang shu yil sentabr oyida o‘tkazilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0