“Kachok qarg‘a” internet foydalanuvchilarini qo‘rqitib yubordi – video

Voron
Voron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z qanotlariga tayanib turgan qarg‘a aks etgan video ommalashib, qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z qanotlariga tayanib turgan qarg‘a aks etgan video ommalashib bormoqda. Videoni internet foydalanuvchisi LIWJATAN joylashtirgan.

​“Bugungi shok uchun rahmat. Bu mening yuragim uchun zararli”, - deya yozgan u.

Hozirga kelib ilk e’lon qilingan video qariyb 11 million marta tomosha qilingan va 253 ming “layk” to‘plashga uringan. Bu raqamlar soat sayin o‘sishda davom etmoqda.

Qarg‘aning bu holatda turishi ko‘pchilikni o‘yga toldiradi. “Bu nima? Gorillami?”, - deya murojaat qilgan foydalanuvchilardan biri. Boshqasi esa “endi men tunlari uxlaymay chiqaman”, deb izoh qoldirgan.

Parrandashunos Keyli Svift qarg‘aning bu holatda turishinini tushuntirib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, qarg‘a shunchaki oftobda toblanmoqchi bo‘lgan ekan. Shu bois qarg‘a qanotlarini tushirgan va dumini qisib olgan. Natijada uning o‘z qanotlariga tayanib turishi uning oyoqlari degan tasavvurni paydo qilgan.

Yangiliklar lentasi
0