Chimkentlik o‘zbeklar Arisdagi portlash qochoqlariga katta yordam ko‘rsatmoqda

© Facebook / Berіk UәliEvakuirovannie jiteli Arisi. Illyustrativnoe foto
Evakuirovannie jiteli Arisi. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chimkentda yashayotgan o‘zbeklar Arisda portlash tufayli evakuatsiya qilingan qochoqlarga katta yordam bermoqda.

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik.  Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolavhada qozog‘istonlik kishi chimkentlik o‘zbeklarning Aris shahrida harbiy omborxona portlashi tufayli evakuatsiya qilinganlarga katta yordam ko‘rsatayotgani haqida suratga olingan videolavha tarqaldi.

Ushbu video muallifi so‘zlaridan ayrim lavhalar keltiramiz:  

  • Og‘ir vaqtlarda qozoqlar ham o‘zbeklarga yordam bergan. Bugun esa o‘zbeklar qozoqlarga yordam bermoqda, har kim qo‘lidan kelganicha. Buni ko‘rib ko‘zimdan yosh chiqib ketdi...
  • Men millatlarni bo‘lish tarafdori emasman, lekin o‘zbeklar oldida bosh egsa arziydi: Biri o‘z to‘yxonasini bo‘shatib berdi, ikkinchisi yuk mashinasini xizmatga qo‘ydi. Ular ommaviy bo‘lib juda faol yordam berayotganidan hayratdaman....
  • Yana biri  kelib uning uyida 30 nafar qochqinlar turishi mumkinligini, boshqasi 20  kishiga joy berishini aytib ketdi. Qoyil.
  • Ular olib kelgan oziq-ovqatlar miqdori juda katta va ular na olib kelishayapti! O‘zbeklar haqiqiy saxovat ko‘rsatishdi.
  • Hozir yana biri kelib, uning ikkita uyi borligini va ikkalasini ham qochqinlarga bo‘shatib berishga tayyorligi aytib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi Aris shahrida harbiy qism omborxonasida yong‘in va kuchli portlashlar sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng 43 ming kishi yashaydigan shaharcha aholisi qo‘shni Chimkent va Turkistonga butunlay evakuatsiya qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0