Toshkentda mast haydovchi piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi.
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda haydovchi qiz mast holda piyodani urib yubordi.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. O‘tgan tunda Toshkentda mast holda avtomobilni boshqargan haydovchi piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda IIBB.

“24-iyun kuni taxminan soat 3.50 da Yashnobod tumanidagi Mirzo-Ulug‘bek – Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida “Nissan Maxima” rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Tatyana T. piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab o‘tib ketayotgan 27 yoshli Bobur K.ni urib yuborgan. YTH natijasida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi”, - deyilgan xabarda.

IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi mast holatda bo‘la turib avtomobilni katta tezlikda boshqargan.

Ushbu munosabat bilan IIBBhaydovchilarga yana bir bor mast holatda avtomobil boshqara turib ular nafaqat o‘zlarini, balki atrofdagilarning ham hayotlarini xavf ostiga qo‘yayotganini eslatib o‘tdi va yo‘l harakati qoidalariga riya qilishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0