TIV: Qozog‘istonda yuz bergan portlashlarda o‘zbekistonliklar jabr ko‘rmagan

Obuna bo‘lish
Turkiston viloyati Aris shahrida yuz bergan qator portlashlar oqibatida bir kishi halok bo‘lgan — uning avtomobiliga portlovchi modda tushgan. 71 kishi jabr ko‘rgan, ulardan 15 nafari, shu jumladan ikki bolakay kasalxonalarga yotqizilgan

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahri harbiy qismi hududidagi portlashlar natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Seriya vzrivov v Kazaxstane: mestnix jiteley evakuiruyut - video - Sputnik O‘zbekiston
Aris shahrida portlashlar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, bu Turkiston viloyati bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan tasdiqlandi.

"Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan", - deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (tel.: +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni ertalab soat 09:20da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismning omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0