Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi

Obuna bo‘lish
Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan o‘tish imkoniga ega bo‘lishdi.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 26-iyun - 3-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 1-22 iyun davomida jami 28 446 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 9260 tasi (32,5%) onlayn, 19 186 nafari (67,5%) esa oflayn usulda, ya’ni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan.

Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan o‘tish imkoniga ega bo‘lishdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Nukus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p – 7 724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog‘istonda 7 456 ta, Xorazmda 6 503 ta, Toshkent shahrida 5 763 ta hujjat qabul qilingan.

Eng ko‘p – 8 727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan, eng past ko‘rsatkich 10-sinflar orasida – 2 350 ta.

Imtihonlarni davlat (o‘zbek) tilida topshiruvchi o‘quvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4 847 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.

Bir o‘ringa o‘rtacha raqobat 49 o‘quvchini tashkil etgan bo‘lsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topshirgan talabgorlar o‘rtasida – 1 o‘ringa 92 nafar o‘quvchini (Namanganda 118 o‘quvchi) tashkil etadi.

Prezident maktablariga topshirgan talabgorlarning soni rejalashtirilgandan ham oshib ketganligi sababli kirish imtihonlarini o‘tkazishga mas’ul chet ellik tashkilot Cambridge assessment – saralash bosqich imtihonlarini (pre-selection) o‘tkazilishi lozimligi ma’lum qilindi.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) 2019-yil 26 iyun - 3 iyul davomida bo‘lib o‘tadi.

Ota-onalar o‘quvchilar bilan birgalikda 2019 yil 26-27-28 iyun kunlari Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari (orientation day) – saralash bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadigan binoga tashrif buyurishadi va imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha barcha tegishli ma’lumotlarni olishadi.

Quyidagi havola orqali saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) bo‘lib o‘tadigan bino manzillari bilan tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0