Suriyadan qaytarilgan surxondaryolik ayolga yangi uy-joy berildi

Obuna bo‘lish
Ayolga ko‘p qavatli uy-joydan barcha sharoitlarga ega 2 xonali kvartira ajratildi.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Surxondaryo viloyatida Suriyadan qaytarilgan 3 nafar ayolning 2 nafariga tibbiy, psixologik va sotsiologik yordam ko‘rsatilmoqda. Viloyatga keltirilgan bir nafariga esa ko‘p qavatli uy-joydan barcha sharoitlarga ega 2 xonali kvartira ajratildi. Bu haqda viloyati hokimlii matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ayolning bog‘cha yoshidagi katta farzandi maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirilgan va fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.

Shuningdek, zamonaviy tikuv mashinkasi, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa sovg‘alar topshirilgan.

“Menga ko‘rsatilayotgan mehr, hurmat-ehtiromdan boshim ko‘kka yetdi. Prezidentimizga katta rahmat. Boshqa yurtdoshlarimizdan biz qilgan xatolarni takrorlamasliklarini so‘rardim”, – deydi ayol.

© Press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti. Vozvrashennoy iz Sirii jenshine podarili kvartiru
Vozvrashennoy iz Sirii jenshine podarili kvartiru - Sputnik O‘zbekiston
1/3
Vozvrashennoy iz Sirii jenshine podarili kvartiru
© Press-slujba xokimiyata Surxandarinskoy oblasti. Vozvrashennoy iz Sirii jenshine podarili kvartiru
Vozvrashennoy iz Sirii jenshine podarili kvartiru - Sputnik O‘zbekiston
2/3

3/3

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 31-may kunidagi Farmoniga asosan avf etilib, jazoni o‘tash joylaridan ozodlikka chiqarilgan 13 nafar surxondaryolikdan biri termizlik O.Sanonovaning bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordamlashish maqsadida unga zamonaviy tikuv mashinkasi sovg‘a qilingan. Hovlisida issiqxona tashkil etish uchun fuqaroga tijorat bankidan imtiyozli kredit ajratish choralari ham ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlar hududidan joriy yilning 30-may kuni mamlakatga qaytarilgan 156 nafar ayollar va bolalarning, shuningdek, 31-may kunidagi 5734-sonli Farmoniga asosan avf etilib, jazoni o‘tash joylaridan ozodlikka chiqarilgan bir guruh mahkumlarning jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratish, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0