Qozog‘istonda An-2 samolyoti qulab tushdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolet AN-2
Samolet AN-2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston poytaxtidan 125 km uzoqlikda joylashgan hududda An-2 samolyoti halokatga uchradi.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. An-2 samolyoti Akmola viloyatida halokatga uchradi. Samolyot piloti halok bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Zaderjanie uchastnikov nesanksionirovannix mitingov v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Norozilik namoyishlarda mingga yaqin kishi qo‘lga olindi – Qozog‘iston Bosh prokuraturasi

Xabarda aytilishicha, hodisa bugun soat 10-00 da sodir bo‘ldi. Akmola viloyatida joylashgan dalada kimoviy ishlov berish jarayonida An-2 samolyoti qulab tushdi.

Hodisa oqibatida pilot halok bo‘ldi, ikki nafar ekipaj a’zolari jarohatlandi. Ular shifoxonaga yotqizildi.

Halokat sabablari va halok bo‘lgan kishining shaxsi aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0