Qozonda oqshomlari yo‘lovchilarni tunagan o‘zbekistonliklar qo‘lga tushdi

© PixabayOgrablenie
Ograblenie  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Shayka" oqshomlari yo‘lovchilarga hujum qilib, ularning qimmatbaho narsalarini talon-taroj qilish bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. O‘zbekistonlik bir guruh yigitlar Qozonda yo‘lovchilarni tunagan, ularning ikki nafari qo‘lga olingan, qolganlarini politsiya qidirmoqda, deb xabar qilmoqda Qozon IIB.

Predsedatel Nablyudatelnogo soveta Instituta demografii, migratsii i regionalnogo razvitiya Yuriy Krupnov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Markaziy Osiyo migrantlari uchun qoidalarni bir xil qilish vaqti keldi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yovuz niyatli kimsalar tomonidan Novo-Savinskiy tumani hududida kamida oltita jinoyat sodir etilgan.

"10 iyun kuni Savinovo politsiya bo‘limiga kamida ikki jabrdiyda murojaat etgan. Chuykova ko‘chasida ularga noma’lum shaxslar tomonidan hujum sodir etilgan. Talonchilar jabrdiydalar hayoti va sog‘ligiga xavfli bo‘lgan zo‘ravonliklarni ishlatgan holda, ularga tegishli mulk: telefonlar, sumka, simsiz naushniklar, pullar va bank kartalarini olib ketishgan. Yetkazilgan moddiy zarar miqdori 50 ming so‘mdan oshgan", - deyiladi xabarda.

Ertasiga shaharning yana bir necha fuqarosi xuddi shunday murojaat bilan kelgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 12-iyun kuni politsiyachilar ikki nafar gumonlanuvchini tutgan, ular 18 va 23 yoshli O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqqan.

Yosh yigitlar jinoyat sodir etishga oldindan tayyorgarlik ko‘rganliklarini tan olganlar. Ular asosan tungi vaqtlarda yo‘lovchilarga tashlanib, kuch ishlatish yo‘li bilan ularning narsalarini tortib olgan. Jinoyat yo‘li bilan topilgan narsalarni ular uloqtirganlar, pullar hamda bank kartalaridan tashqari.

Ushbu jinoiy guruh to‘rt kishidan iborat bo‘lgan. Ayni vaqtda yana ikki nafari qidirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0