Afg‘on xotin-qizlari O‘zbekistonda o‘qitiladi

© Wakil KOHSAR / AFPAfganskie devushki
Afganskie devushki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi talabalar sentabrda o‘qishni boshlaydi. Ta’lim ingliz tilida boshlanadi va keyin Afg‘onistonning o‘zi tanlaydigan sohalarga — asosan statistika va tog‘-kon sektoriga o‘tiladi

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. 2019 yilning sentabridan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida afg‘onistonlik xotin-qizlarning ta’lim olishi boshlanadi. Bu haqda Yevropa Tashqi munosabatlar xizmati ma’lumotlariga tayanib O‘zA xabar qiladi.

Afganskaya molodej - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonlik Asila: O‘zbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

Mazkur ta’lim loyihasi O‘zbekiston va Qozog‘istonning BMT bilan hamkorligida ishga tushirilgan. Dastur loyihasini ishlab chiqish ishlari yakunlandi va unga ko‘ra, 2019—2020-o‘quv yilida dastur hayotga tatbiq etila boshlanadi.

"Afg‘oniston tomoni malakali mutaxassislar zarur bo‘lgan sohani belgilaydi. Taxminan 50 nafar, eng ko‘pi bilan 100 nafar xotin-qiz bu dasturda ishtirok etadi. Bu tajriba loyihasi, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, u holda BMT bundan keyin ham loyihani qo‘llab-quvvatlayveradi", – deya ma’lum qildi Yevropa Tashqi munosabatlar xizmati vakili.

Ta’kidlanishicha, talabalar sentabrda o‘qishni boshlaydi. Ta’lim ingliz tilida bo‘ladi va keyin Afg‘onistonning o‘zi tanlaydigan sohalarga — asosan statistika va tog‘-kon sektoriga o‘tiladi.

Yangiliklar lentasi
0