Shvetsiya shaharchasi ustida SSSR bayrog‘i hilpiradi

© Expressen Neizvestnie povesili flag SSSR v shvedskom gorode Tebyu
Neizvestnie povesili flag SSSR v shvedskom gorode Tebyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxslar Shvetsiyaning Tebyu shaharchasi ma’muriyati binosi oldida SSSR bayrog‘ini osib ketishdi.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Shvetsiyaning Tebyu shaharchasi markazida joylashgan shahar ma’muriyati binosi oldidagi flagshtokda 17-iyun kuni ertalab SSSR bayrog‘i hilpirab turgani qayd etildi, deb xabar qilmoqda shvetsiyaning Expressen nashri. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, noma’lum shaxslar uni tunda osib ketgan. Bino qo‘riqchilari bayroqni ertalab payqashgan. Xavfsizxlik xizmati ushbu voqeaga juda jiddiy e’tibor qaratishdi.

“Bu haqida  politsiyaga xabar berildi. Bayroqni osish uchun binoning kaliti kerak. Bu qanday ro‘y bergani va bayroqni kim osgani hozir cha bizga ma’lum emas”, - dedi ma’muriyat binosining qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Gustav Sundman.

Ayni damda bayroq yechib olingan va ma’muriyat binosi uzra odatiy ko‘k rangli bayroq ko‘tarilgan.

​Ma’lumot uchun liberal Yevropa mamlakatlarida SSSR bayrog‘iga, odatda, neytral munosabat bildiriladi. Boltiqbo‘yi mamlakatlarida esa aksincha - SSSRning har qanday timsoliga keskin munosabat bildiriladi. Xususan, yaqinda Litva hukumati Adidas firmasining USSR yozuvi bilan bezatilgan yangi kolleksiyasini savdodan chiqarishni talab qilishgan edi. Undan oldin esa Vilnyusda SSSR bayrog‘ini ko‘tarib yurgan kishi jarimaga tortilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0