Toshkent shahriga propiskaga o‘tvolish "lazeyka" bo‘lib qoldi - IIV vakili

© Shaxar Kurilish investDostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gap birlamchi bozordan uy sotib olayotgan va shu tariqa Toshkent shahrida propiskaga ega bo‘layotgan fuqarolar haqida borgan

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev jurnalistlar bilan ochiq muloqot chog‘ida ko‘plab bahsli holatlar aynan propiskadan o‘tish jarayonida yuzaga kelayotganini ma’lum qilgan.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda propiska olib beradigan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi

Gap birlamchi bozordan uy sotib olayotgan va shu tariqa Toshkent shahrida propiskaga ega bo‘layotgan fuqarolar haqida borgan.

"Sodda tilda tushuntiradigan bo‘lsak: viloyatlardan to‘rtta yoki uchta fuqaro o‘zaro kelishib, Toshkent shahrida bir xonali kvartira olib, shu to‘rt kishi o‘sha kvartiraga propiskadan o‘tishmoqchi. O‘tishdi ham. Ko‘p bahsli holatlar aynan propiskadan o‘tish jarayonida yuzaga kelmoqda. Toshkent shahriga propiskaga o‘tvolish, qo‘pol qilib aytganda, "lazeyka" bo‘lib qoldi", - deb aytgan Shorixsiyev.

So‘ng "shunga qaramasdan, ko‘pchilik fuqarolar sudga murojaat qilishapti. Sud qaror chiqargandan keyin bizning xodimlar fuqarolarni propiska qilyapti", deya qo‘shimcha qilgan.

IIV vakilining aytishicha, "bu masala yuqori tashkilotlarga ma’lumot tariqasida kiritilgan va bu borada IIVga aniq yo‘nalish berishlari iltimos qilingan".

Yangiliklar lentasi
0