Qora qush: Fransiyada musulmon va yahudiylarga hujum qilmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Parij
Goroda mira. Parij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olingan besh nafar shaxs “Qora qush” (L'Oiseau Noir) guruhiga a’zo bo‘lgan.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Fransiyada musulmon va yahudiylarga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan besh kishi qo‘lga olindi. Bu operatsiya bir necha oy davomida olib borilayotgan tergov doirasida amalga oshirildi.

Ucheniya NATO v Estonii - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya Rossiya chegarasi yaqiniga o‘z harbiylarini jo‘natmoqda

Bu haqda RIA Novosti BFMTV telekanaliga asosan xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilarni qo‘lga olish 2018-yil sentabrdan 2019-yil may oyi yakunigacha amalga oshirildi. Qo‘lga olingan shaxslar orasida voyaga yetmagan shaxs ham bor.

Qo‘lga olinganlarning barchasi “Qora qush” (L'Oiseau Noir) guruhiga a’zo bo‘lgan.

Ular forumda teraktlarni amalga oshirishni muhokama qilishgan.

Telekanal qayd etishicha, bir necha hujum, shu jumladan, musulmonlar va Fransiya yahudiylar kengashi har yili o‘tkaziladigan yig‘ilish vaqtida teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0