Huawei smartfonlarida Android o‘rniga Rossiya dasturi o‘rnatiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v mejdunarodnom forume "Odin poyas — odin put" posetil Sentr issledovaniy i innovatsiy kompanii Huawei
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v mejdunarodnom forume Odin poyas — odin put posetil Sentr issledovaniy i innovatsiy kompanii Huawei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huawei kompaniyasi AQSh sanksiyalaridan so‘ng Android o‘rniga Rossiyada ishlab chiqilgan “Avrora” operatsion tizimini o‘rnatishi mumkin.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Xitoyning Huawei kompaniyasi Android operatsion tizimi o‘rniga Rossiyada ishlab chiqilgan "Avrora" operatsion tizimini o‘rnatishi mumkindeb xabar qilmoqda The Bell nashri.

HUAWEI P20 Pro - Sputnik O‘zbekiston
Google Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Bunday qadam qo‘yishga kompaniyaga nisbatan AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalar sababchi bo‘lgan. AQSh hukumati qaroriga ko‘ra, yangi ishlab chiqarilayotgan smartfonlarga Android operatsion tizimini o‘rnatishi mumkin emas.

"Avrora" operatsion tizimi Linux yadrosida ishlaydi va Androidning barcha dasturlari bilan ishlashga qodir.

Ushbu hamkorlik haqidagi kelishuvga Iqtisodiy forum doirasida erishilgan. Huawei kompaniyasi direktori Go Pin va Rossiyaning Raqamli rivojlanish vaziri Konstantin Noskov Sankt – Peterburgda muzokaralar o‘tkazishgan edi. Ushbu masala, shuningdek Xitoy yetakchisi Si Szinpin hamda Vladimir Putin uchrashuvi doirasida ham muhokama qilingan edi.

Rossiya va Xitoy ushbu masalada kelishuvga erishgan taqdirda, “Avrora” operatsion tizimi Huawei smartfonlarida zavoddan o‘rnatilgan bo‘ladi. Ikkinchidan, Rossiyada smartfonlar uchun kerakli mikrosxema va chiplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

AQShda Huawei ta’qiqlandi: mamlakatda favqulodda holat tartibi joriy etilgan

"Avrora" o‘zi nima?

2012 yilda Finlandiyaning Jolla kompaniyasi dasturchilari (ayrimlari Nokia kompaniyasida ishlagan)  tomonidan Sailfish degan operatsion tizim yaratilgan edi. 2014-yilda Rostelekom Jollaning 75% aksiyalarini sotib oladi. Shundan so‘ng Sailfish asosida "Avrora" nomli Rossiya milliy operatsion tizim yaratishga kirishiladi. Ayni damda "Avrora" "Otkritaya mobilnaya platforma" kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. 

Bugunga qadar "Avrora" bir necha smartfon va planshetlarga o‘rnatilgan. Avrora operatsion tizimi Mac va Android ga nisbatan kamroq texnik resurslar talab qiladi va foydalanuvchi ma’lumotlarini yaxshiroq himoyalaydi. Hozirda ushbu tizimda ishlaydigan smartfonlar Rossiya pochtasi va bir qator davlat xizxmatchilari tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0