TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin nima uchun Normandiyada bo‘ladigan tantanaga taklifnoma olmagani yuzasidan izoh berdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ham o‘z bayram tadbirlariga hammani taklif qilmaydi.
“Biz ham hammani taklif qilmaymiz. Hamma joyda chaqirilishi uchun, men to‘y generali emasman”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada Ikkinchi jahon urushi yillarida Yevropada ittifoq qo‘shinlari tushirishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda. Aynan Normandiyada mashhur 150 ming harbiylar tushirilgandi.
Ta’kidlanishicha, bu Fransiyani natsistlardan ozod qilish boshlandi va “ikkinchi front” ochilishi rasmi hisoblanadi.