Afsonaviy Oksana Chusovitinaning sovg‘asi toshkentlik Milana Pakka omad keltirdi

© Foto iz lichnogo arxiva Milani PakOlimpiyskiy talisman pomog zajech Milane Pak
Olimpiyskiy talisman pomog zajech Milane Pak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har bir tanlovdan oldin “Detskaya Novaya volna-2019” xalqaro vokal tanlovining final ishtirokchisi Milana Pakni afsonaviy o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina qo‘llab-quvvatlaydi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. “Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida toshkentlik Milana Pak uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U uyga qaytib ketdi: oldinda yana bir hafta o‘qish va hayrlashuv oqshomida chiqish.

“O‘qituvchilar meni maktab o‘qish tugashi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanada qo‘shiq kuylashimni so‘rashdi. Men Human qo‘shig‘ini aytaman, uni “Detskaya Novaya volna-2019” finalining birinchi kunida kuylaganman”, - dedi Milana Pak Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Milana sakkiz yoshida Paris Je t'aime tanlovida eng yaxshi qo‘shiqchi deb topildi. Shu vaqtdan boshlab uni mashhur, gimnastika tarixida yetti karra olimpiya ishtirokchisi, sovet va o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitova qo‘llab-quvvatlaydi. U Milanaga besh yulduz tasvirlangan bilaguzukni sovg‘a qildi. Yosh qo‘shiqchi ta’kidlashicha, bu tumor unga g‘alaba qozonishga yordam beradi.

Oleg Gazmanov: “O‘zbekiston sen bilan faxrlanishi kerak”

“Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida Milana Pak uning vokal-ustozi Valentina Martirosan tomonidan yuborilgan arizasiga binoan qatnashdi.

“U yetti yoshimdan mening eng sevimli ustozim”, - deya tan oldi yosh artistka.

“Biz “Detskaya Novaya volna” tanlovida o‘tgan yili ishtirok etishimiz kerak edi, biroq bora olmadik. Shu vaqtning o‘zida Sanremo Junior tanlovida qatnashish uchun ariza berganmiz, u yerda finalga chiqdik va Italiyaga borishga qaror qildik. Milana San-Remoda birinchi o‘rinni oldi”, - deydi Milananing onasi Irina Pak.

Pobednoe vistuplenie Diani Ankudinovoy v finale Ti super!  - Sputnik O‘zbekiston
Diana Ankudinova "Ti super" tanlovida g‘alaba qozondi

Vokal tanlovining yarim finali Moskvada o‘tkazildi. Unga yuzlab bolalar keldi, biroq finalga faqat 10 ta davlatdan 12 kishi o‘tdi: O‘zbekiston, Abxaziya, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Litva, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Malta va Rossiyadan uch nafar ishtirokchi. Ozarbayjonlik xonanda kelishdan avval kasal bo‘lib qoldi va sahnaga 11 kishi chiqdi.

Final bosqich mashhur “Artek” bolalar lagerida o‘tkazildi. Tanlov hay’atiga Oleg Gazmanov, Lev Leshenko, Nikolay Baskov, Yulianna Karaulova va Yuliya Savicheva kiritildi. Hay’at raisi Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Igor Krutoy bo‘ldi.

© Foto iz lichnogo arxiva Milani PakFinal sudili: Oleg Gazmanov, Lev Leshenko, Nikolay Baskov, Yulianna Karaulova i Yuliya Savicheva i Igor Krutoy
Afsonaviy Oksana Chusovitinaning sovg‘asi toshkentlik Milana Pakka omad keltirdi - Sputnik O‘zbekiston
Final sudili: Oleg Gazmanov, Lev Leshenko, Nikolay Baskov, Yulianna Karaulova i Yuliya Savicheva i Igor Krutoy

Hay’at a’zolari bu yilda barcha final ishtirokchilar juda kuchli ekanligini tan olib, ilk bor g‘olibni tanlash qiyish bo‘lganini aytishdi.

“Biz Milana bilan Yaltaga 10 kunga keldik, shu vaqtda tayyorgarlik ko‘rdik. Tanlov tashkilotchilar juda ajoyib – ular nafaqat finalchilarga, balki ularga hamroh qilgan kishilarning yo‘l va uch mahal ovqatlanishni o‘z ichiga olgan yashash harajatlarini to‘lab berishdi”, - dedi Irina Pak.

Milana Pakni tanlovning birinchi kunidayoq e’tibor qaratishdi. Irina oldiga o‘tgan tanlov qatnashchilari va hay’at a’zolari ham keldi.

“Menga hay’at a’zolarining barchasi yoqdi. Chunki ular yulduzlar, hammasi yaxshi qo‘shiq kuylashadi. Esimda qolgani, ikkinchi kuni, hammasi tugaganidan keyin Oleg Gazmanov menga “O‘zbekiston sen bilan faxrlanishi kerak” deb aytdi”, - deb qo‘shimcha qildi Milana.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot milana pak (@milana__pak_official)

“Bolalar Yevrovideniya”da ishtirok etmaydi

Milananing ota-onasi shou-biznesga hech qanday aloqasi yo‘q. Otasi – suzish bo‘yicha sport ustasiga nomzod, onasi esa sport gimnastikasi bo‘yicha sobiq ittifoq ustasi. Shuning uchun ularning uyida Oksana Chusovitova tez-tez mehmon bo‘ladi. Irina Pak u bilan 11-yil, terma jamoa tarkibida ishtirok etgan davrda buyon do‘st bo‘lib kelgan.

© Foto iz lichnogo arxiva Milani PakKajdiy raz, kogda Milana Pak uchastvuyet v konkursax, Oksana Chusovitina zvonit, podbadrivayet yee i dayet nastavleniya.
Afsonaviy Oksana Chusovitinaning sovg‘asi toshkentlik Milana Pakka omad keltirdi - Sputnik O‘zbekiston
Kajdiy raz, kogda Milana Pak uchastvuyet v konkursax, Oksana Chusovitina zvonit, podbadrivayet yee i dayet nastavleniya.

“Har gal Milana tanlovlarda ishtirok etgan vaqtda, Oksana qo‘ng‘iroq qilib, uni qo‘llab-quvvatlaydi va juda havotir oladi, maslahat beradi. Mana bugun ham qo‘ng‘iroq qildi, yaqin kunlarda mehmonga keladi”, - deydi Irina Pak.

“Mening orzuim – jahon yulduzi bo‘lish. Qaysidir mashhur odam bilan qo‘shiq kuylamoqchiman. Masalan, Ariana Grande yoki Beyonse. Yana shifokorlikka o‘qiyman”, - aytadi Milana.

“Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida uchinchi o‘rin olish bilan Milana shu yil noyabr oyida o‘tkaziladigan “Bolalar Yevrovidenie” tanloviga borish huquqini qo‘lga kiritdi.  Yosh xonandani bu bilan tabriklashni boshladi, biroq u tanlovda ishtirok etmaydi.

“Hamma Milana sovrin qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Polshada qo‘shiq kuylaydi deb o‘yladi. Biroq u mehmon - sifatida taklifnomasini oldi”, - deya tushuntiradi Milananing onasi.

Sevinch Xodiyeva POSLE VISTUPLENIYa - Sputnik O‘zbekiston
Sevinch Xodiyeva "Ti super!" tanlovining yarim final bosqichiga o‘ta olmadi

O‘zbekiston “Yevrovidenie” tanlovida ishtirok etish huquqiga ega emas. Boshida mamlakat badal to‘lovini kiritishi va tanlovni efirga uzatish uchun ruxsatnoma olishi kerak -  faqat shular mamlakat vakilining sahnaga chiqish huquqini beradi.

“Endi Milana ko‘proq o‘qishga e’tibor berishi mumkin, chunki vokal, xoreografiya, fortepiano mashg‘ulotlari ko‘p vaqtni talab qiladi. Biz uchun ta’lim birinchi o‘rinda turadi”, - deb yakun yasadi Irina Pak.  

Yangiliklar lentasi
0