Shavkat Mirziyoyevning osh pishirayotgan surati bir zumda 17 ming layk oldi

© Foto : Facebook / Saida MirziyoyevaShavkat Mirziyoyev gotovit plov doma
Shavkat Mirziyoyev gotovit plov doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevning osh pishirayotgan suratini feysbukka joylashtirdi.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Kecha Facebookda Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uy kiyimida osh pishirayotgan suratini joylashtirgan edi.

“Ba’zida oilaviy dasturxonimiz uchun oshni Dadamlar damlab beradilar. Biz esa ularga yordamchi. Arafa muborak!”, - degan so‘zlar bilan birgalikda.

Ushbu surat joylashtirilganidan so‘ng u bir zumda 17 ming "layk" oldi va uning ostida 2,5 mingdan ortiq izohlar paydo bo‘ldi. Ushbu izohlardan, bizning fikrimicha, eng e’tiborga loyiqlarini quyida keltiramiz. 

- Foto ajoyib. U bizning Prezident ham  oddiy odamlar qatori, uy kiyimida o‘z oilasi uchun osh pishirayotganini ko‘rsatib turibdi. Endi boshqa mansabdorlar ham ana shunday suratlarni chop etishni boshlaydi. Ular surat chop etishmasaham mayli ediku-ya, lekin yaxshisi ular o‘z ishlari bilan Prezidentimizga o‘xshashga harakat qilishsa bo‘lardi, - deb yozgan Maksim Chernikov.  

- Mana shu bitta surat Yurtboshimizni xalqqa qanchalik yaqinlashtirdiya. Baxtimizga omon bo‘lsinlar. Iydi Ramazon muborak!, - deb yozgan Jamoliddin Tuxtashev.  

- Sizning ajoyib otangiz bor. Men O‘zbekistonda hamma narsa yaxshi tomonga o‘zgarib borayotganini kuzatib kelayapman. Agar ishlar shunday davom etaversa, ko‘pchillik xorijda yashayotganlar ona yurtiga qaytadi. Ro‘za-hayit muborak, uyingizga baxt, nur va mehribonlik tilayman!, - deydi Nigora R-i.

Darhaqiqat O‘zbekistonda xalq mansabdor shaxslarni faqat kostum-shimda ko‘rishga o‘rganib qolgan. Bu "g‘ilof"ning ortida qanday odam bor, u kishi ishdan bo‘sh vaqtda nima bilan shug‘ullanadi - hech kim bilmaydi. Balkim shuning uchun ham O‘zbekistonda aksariyat mansabdorlarga ishonch darajasi past bo‘lsa ajab emas. 

© Foto : Facebook / Saida MirziyoyevaShavkat Mirziyoyev gotovit plov doma
Shavkat Mirziyoyevning osh pishirayotgan surati bir zumda 17 ming layk oldi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev gotovit plov doma
Yangiliklar lentasi
0