O‘zbekistonda chet el OAV akkreditatsiyasi tartibi soddalashtirildi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishRabota jurnalistov
Rabota jurnalistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijiy davlatlar OAV muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi.

Predstavitel siriyskoy oppozitsii v okrujenii predstaviteley SMI   - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda etika normalarini buzgan jurnalistlar javobgarlikka tortiladi

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, chet eldagi vatandoshlarga tegishli ommaviy axborot vositalarining doimiy xorijiy muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Tashqi ishlar vazirligiga ariza berilgan vaqtdan boshlab 5 ish kunida qabul qilinadi.

Mazkur qarorni qabul qilish uchun O‘zbekistonning chel eldagi vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomasi asos bo‘ladi.

Bunda, akkreditatsiya olish uchun asosiy hujjatlarga qo‘shimcha ravishda xorijiy OAV ta’sischisi va uning moliyalashtirish manbalari haqida ma’lumot ham taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0