Rossiya bosh muftiysi musulmonlarni Ro‘za - hayit bilan tabrikladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishGlava Soveta muftiyev Rossii Ravil Gaynutdin
Glava Soveta muftiyev Rossii Ravil Gaynutdin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh muftiysi bugun dunyodagi 2 milliard musulmonlarning barchasi Ollohdan tinchlik va hech kim inson qonini to‘kmasligini so‘rab duo qilishiga umid bildirdi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Rossiya musulmonlari Ro‘za-hayit kuni o‘z vatanlari tinchligi va yaqin sharqdagi mojarolar tezroq tugashini so‘rab duo qilishadi, dedi Rossiya Rossiya muftiylar Kengashi raisi Ravil G‘aynutdin, RIA Novosti xabariga asosan.

Bugun Rossiya musulmonlari Ro‘za-hayit bayramini kutib olmoqda. Ushbu munosabat bilan Rossiya bosh muftiysi o‘z bayram tabrigini e’lon qildi.

“Ushbu marhamatli kunda, biz Rossiya musulmonlari Olloh Taollohga murojaat qilib, bizdan o‘z marhamatini ayamaslikni, bizga tinchlik, ezgulik a muruvvat yo‘llashini so‘raymiz. Shu bilan birga biz Afg‘oniston, Suriya, Iroq va Falastinni esga olamiz. Afsuski u yerda haligacha tinchlik va adolat o‘rnatilmagan”, - dedi Ravil G‘aynutdin.    

Bosh muftiy bugun dunyodagi 2 milliard musulmonlarning barchasi Ollohdan tinchlik, teraktlar bo‘lmasligini va hech kim inson qonini to‘kmasligini so‘rab duo qilishiga umid bildirdi.

“Bugun men ham tinchlik uchun, suyukli vatanimiz Rossiya baxti va saodati uchun  duo qilaman”, - dedi Ravil G‘aynutdin.

Bugun Erta tongdan moskva shahridagi barcha masjidlar oldigan musulmonlar oqib kela boshladi. Moskva va Moskva viloyatida namoz o‘qiladigan maydonlar soni 47 tadan ortiq. Ushbu maydonlarda 110 mingdan ortiq kishilar jamlanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0