Bugun Rossiyada musulmonlar Ro‘za-hayitni kutib olmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve
Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namoz o‘quvchilarga qulay bo‘lishi uchun, Moskva masjidlari atroflari avtombillardan tozalanib, shahar transporti yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Bugun Rossiya musulmonlari Ro‘za-hayit bayramini kutib olmoqda.Erta tongdan moskva shahridagi barcha masjidlar oldigan musulmonlar oqib kela boshladi. Shahar ma’muriyati va huquqni saqlash organlari namoz o‘quvchilar xavfsizligini saqlash maqsadid, oldindan masjidlar yaqinidagi ko‘cha va maydonlarni avtomobillardan tozalab, navbatchilik qilishmoqda.

Jenskaya ispravitelnaya koloniya v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda hayit arafasida bir guruh mahkuma ayollar ozodlikka chiqarildi

Moskva va Moskva viloyatida namoz o‘qiladigan maydonlar soni 47 tadan ortiq. Ushbu maydonlarda 110 mingdan ortiq musulmonlar Hayit namozini o‘qish uchun jamlanishi kutilmoqda.

Odatda eng ko‘p odam jamlanadigan masjidlar Moskva markazida joylashgan. Bular Prospekt mira bekati yonidagi Moskva jome masjidi, keyin Minskaya ko‘chasidagi musulmon masjidi hamda Bolshaya Tatarskaya ko‘chasidagi masjidlar.

Ushbu va boshqa masjidlar yaqinida Ro‘za-hayit bayrami tongida odam ko‘p bo‘lishini bilgan holda Moskva huquqni saqlash organlari tungi soat 00:01 dan boshlab bugun tong soat 11:00ga qadar har qanday transport harakatini cheklab qo‘yishgan.

Shuningdek, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash maqsadida ayrim metro bekatlari va avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritilgan. "Prospekt mira" metro bekati faqat chiqish uchun ishlmoqda. Metroga kirmoqchi bo‘lganlar qo‘shni bekatlarga yo‘naltirilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0