Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi

© Gleb Lunin/ press-slujba gubernatora Chelyabinskoy oblastiSotrudnichestvo Rossii i Uzbekistana
Sotrudnichestvo Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dmitriy Medvedev Urganch va Xiva shaharlariga ham tashrif buyuradi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. 29-30-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

TIV xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.

 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovim  - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev va Aripov energetika sohasidagi yirik loyihalarni muhokama qilishadi

Tashrif doirasida Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya Qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unga 2018-yil oktabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokalar davomida asos solingan.

“Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 24-aprelda bo‘lib o‘tgan 20-yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya delegatsiya rahbari Xiva shahriga ham tashrif buyuradi

Yangiliklar lentasi
0