Vladivostokda qalbaki pasport tayyorlagan ikki nafar o‘zbekistonlik qamaldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vo vremya proverki dokumentov v xode reyda FMS
Inostrannie rabochie vo vremya proverki dokumentov v xode reyda FMS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sudlanuvchilar uch nafar O‘zbekiston fuqarolariga qalbaki pasport tayyorlab berishdi.

TOShKENT, 28-may – Sputnik. Vladivostok Frunze tumani sudi chet el fuqarolariga qalbaki pasport tayyorlab berganikki nafar O‘zbekiston fuqarosini  aybdor topdi va ularni 2,5 va 4-yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Bu haqda Primorya prokuraturasi xabar qildi.

Islandskie loshadi pasutsya v svoyem zagone v Verxayme, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda 26 bosh ot o‘g‘irlagan uch nafar jinoyatchi qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, ular alohida ish yurituviga ajratilgan jinoiy ishga aloqador bo‘lgan. Jinoiy guruh a’zolaridan biri qamoqxonada bo‘lgan. O‘sha joydan Rossiyada noqonuniy yashagan buyurtmachilarni izlash ishlari bilan shug‘ullangan.

Qalbaki hujjatlardan xorijiy fuqarolar Rossiya hududida bo‘lish muddatini cho‘zishi maqsadida foydalanilgan.

Javobgarlikka tortilgan shaxslar uch nafar O‘zbekiston fuqarolariga qalbaki hujjatlarni tayyorlab bergan ekan.  

Sud ayblanuvchini jinoyat sodir etishda aybdor deb topdi va unga 4-yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Jazo qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Uning sherigiga 2-yil 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi, jazo umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

2018 yilda Rossiyada 70 ming kishi qalbaki migratsiya hisobiga qo‘yilgan shaxslar aniqlandi va tegishli choralar ko‘rildi.

Yangiliklar lentasi
0