TOShKENT, 27-may - Sputnik. Hukumat qarori bilan “Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.
Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- transport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari;
- avtovokzallar, avtostansiyalar va bekatlarni qurish;
- Transport vazirligi tuzilmasidagi ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonalari uchun yangi avtotransport vositalarini sotib olish;
- transport sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
- xodimlarni rag‘batlantirish.
Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash hay’at tomonidan amalga oshiriladi.
Hay’at o‘z faoliyatini Ijro etuvchi organ orqali amalga oshiradi. Uning tarkibi transport vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.