Mirjalol Qosimov iste’foga chiqmoqchi

© Professionalnoy futbolnoy ligi UzbekistanaPosle krupnogo porajeniya ot "Paxtakora" trener podal v otstavku
Posle krupnogo porajeniya ot Paxtakora trener podal v otstavku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirjalol Qosimov "Paxakor"dan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Mirjalol Qosimov jamoa faoliyatidan qoniqmayotgani tufayli rahbariyatdan iste’foga chiqishga ruxsat so‘ramoqchiligini ma’lum qildi.

Ushbu fikrni Olmaliq jamoasi murabbiyi 4:1 hisobida yakunlangan “Paxtakor” – AGMK uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.

“Nechanchi o‘yindirki, birinchi bo‘limni u qadar muvaffaqiyatli o‘tkaza olmayapmiz. Uydagi bir qator o‘yinlarda, safarda ham birinchi bo‘limda umuman o‘yinimiz qovushmadi. Qolaversa, ko‘plab o‘yinlarning dastlabki 15 daqiqasida o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuborapmiz. Buni statistika ham ko‘rsatib turibdi. Bugun “Paxtakor” jamoasi haqli tarzda g‘alaba qozondi. Nimagadir o‘yinimiz barqaror ko‘rinish olmayapti. Rahbariyatdan iste’fo so‘rayman”, - dedi mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor”ning sobiq mashhur hujumchisi Mirjalol Qosimov 2006-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan edi. U dastlab O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiyining yordamchisi sifatida, keyin “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi sifatida mufvaffaqiyatli faoliyat yuritgan edi. 2018-yilning dekabr oyida Qosimov AGMK jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi.  

Yangiliklar lentasi
0