Germaniyada “shariat politsiyasi” a’zolari jarimaga tortildi

© Bernd Thissen / dpa / AFPPolitseyskiy avtomobil v Germanii
Politseyskiy avtomobil v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning Vuppertal shahrida yer sudi “shariat politsiyasi”ning 7 nafar a’zolarini jarimaga tortdi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Germaniyaning Vuppertal shahrida yer sudi “shariat politsiyasi”ning 7 nafar a’zolarini aybdor deb topib, ularni jarimaga tortdi. Bu haqda RIA Novosti Rheinische Post nashriga asosan xabar qildi.

Lockheed P-3C CUP Orion - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya harbiy samolyoti Kaliningrad viloyati yaqinida razvedka olib bordi

2014 yilda “Shariat politsiyasi” a’zolari hukumat bilan kelishilmagan holda Vuppertal ko‘chalarini patrul qilishni boshladi.

Maxsus formada ular shahar aholisini shariat qoidalariga amal qilishga chorlashgan va shariat qoidalari yozilgan qog‘ozlarni tarqatishgan: alkogol ichimliklar, narkotik moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarni taqiqlash.

Sud ishida faollar uniformani kiyish borasida taqiqni buzilishida aybdor deb topildi.

27 dan 37 yoshgacha bo‘lgan 7 nafar faol 300 dan 1800 gacha yevro miqdorida jarima to‘lashi zarur.

Sud faollarni o‘z maqsadlarga erishish maqsadida maxsus forma kiyishgan deb xulosa qildi. Faollar tashqi ko‘rinishlarni videoga olib, internetga joylashtirishdi.

2016 yil Vuppertal sudi faollarga qarshi ishni to‘xtatgandi. Biroq 2018-yilda Germaniya sud palatasi shov-shuvli ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yubordi. O‘shanda sud qator holatlarni inobatga olmagani, xususan “shariat politsiya” yozuvi yozilgan nimchalar musulmonlar uchun qo‘rquv hissiyotini keltirib chiqarishi mumkin deb gumon qilgan.

Biroq sudning oxirgi qarori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0