O‘zbekiston va Afg‘oniston" chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirdi

© AP Photo / Dimitri MessinisUzbekskie soldati na granitse Uzbekistana i Afganistana
Uzbekskie soldati na granitse Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida afg‘onistonliklar sarmoyasi asosida tashkil etilgan 144 korxona faoliyat yuritmoqda. Ular ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda o‘z biznesini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz tumanida "Termiz kargo" eksport markazida tashkil etilgan "O‘zbekiston – Afg‘oniston" chegaraoldi savdo zonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zA.

Afganskaya molodej - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonlik Asila: O‘zbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

Xabarda aytilishicha, "Termiz kargo"dagi pavilonlarda Afg‘oniston uchun oziq-ovqat, yengil, charm-poyabzal, farmatsevtika, qurilish, avtomobilsozlik va boshqa sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan uch yuz turdan ortiq tayyor mahsulot ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Shuningdek, viloyatda afg‘onistonliklar sarmoyasi asosida tashkil etilgan 144 korxona faoliyat yuritmoqda. Ular ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda o‘z biznesini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan.

2019-2020 yillarda afg‘onistonlik ishbilarmonlar hamkorligida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya ishtirokida umumiy qiymati 30 million dollarlik 14 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Termiz shahrida Afg‘oniston konsulligi hamda afg‘on fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha ta’lim markazi faoliyat yuritadi. Ixtisoslashtirilgan shifoxonada qo‘shni mamlakat fuqarolari o‘z sog‘liklarini tiklashlari uchun barcha shart-sharoit mujassam qilingan. Afg‘onistonliklar uchun soddalashtirilgan vizasiz tartib joriy etilgan.

Qobulga O‘zbekiston texnikalari yetkazib berildi >>>

Yangiliklar lentasi
0