O‘zbekiston 24ta zamonaviy lokomotiv sotib oladi

© Sputnik / StringerElektrovoz O'ZEL-0204
Elektrovoz O'ZEL-0204 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OTB O‘zbekiston temiryo‘l tizimini rivojlantirish va zamonaviy lokomotivlar sotib olish uchun 170 million dollar kredit ajratdi.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. OTB O‘zbekistonga 170 million dollarlik kredit ajratish loyihasini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda tashkilotning hududiy filiali matbuot xizmati.

“Dengiz yo‘llariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lmagan O‘zbekiston kabi mamlakat uchun tranport tizimini rivojlantirish, bizning O‘zbekistonga yordam dasturimiz doirasida, - hal qiluvchi va birinchi navbatda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifadir”, - deyilgan xabarda.

Ushbu mablag‘ hisobidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” 16ta yuk tashuvchi va 8ta yo‘lovchi tashuvchi elektrovozlar sotib oladi. Undan tashqari 48,3 mln. dollar mablag‘ mavjud temiryo‘l tizimini rivojlantirishga ishlatiladi. Loyihani 2025-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston temir yo‘llari uzunligi 4669 km. Respublikada tashiladigan yuklarning 40 % va yo‘lovchilarning 4% - temiryo‘l transportida amalga oshiriladi. Ayni damda mavjud temir yo‘llarning 50%dan ko‘pi – elektrlashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0