TOShKENT, 21-may - Sputnik. "Paxtakor" Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan "Qirol Abdulloh" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Omar Al Soma hamda Abdulrahmon G‘ariblar tomonidan kiritilgan gollarga "sherlar" safida Igor Sergeyev bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa "sherlar" 8 ochko bilan guruhda qolib ketishdi. Bugungi g‘alaba natijasida o‘z ochkolari sonini 9 taga yetkazib olgan "Al Ahli" esa 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.