O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

Obuna bo‘lish
Toshkent vaqti bilan 05:39da (17.05.2019 00:39 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 17-may - Sputnik. Bugun, 17-may kuni O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Seysmografiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan 05:39da (17.05.2019 00:39 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Koordinatalar 38,13 gradus shimoliy kenglik, 67,50 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik h=5 km. Toshkentgacha masofa 378 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi Termizda (103 km) 2 ballni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0