Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ni sotish holati aniqlandi

CC0 / Pixabay / Slivochnoe maslo
Slivochnoe maslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir yakuni bo‘yicha, umumiy narxi 1,3 mlrd so‘mlik jami 23,6 ming kg iste’mol qilish muddati o‘tgan sariyog‘ mahsulotlari olib qo‘yilgan.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati 23,6 ming kilo iste’molga yaroqsiz sariyog‘ aniqlangani haqida xabar qildi.

Avtobus perevernulsya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda ro‘y bergan YTH haqida rasman xabar berildi

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Sh. YaTT “A.B”ning muhridan foydalanib, uning nomidan soxta yuk-xatini tayyorlab, Litva davlatida ishlab chiqarilgan, iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 550 kg. sariyog‘ni har bir kilogrammini 56,0 ming so‘mdan hisoblab 30,8 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida, J.Sh.ning ko‘rsatmasi bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Z-T” MChJ omborxonasi ko‘zdan kechirilganda Litva davlatida ishlab chiqarilgan iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 22 450 kg sariyog‘ mavjudligi shuningdek, “I-F” MChJ tomonidan mazkur omborxonadan 625 kg sariyog‘ “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida savdoga qo‘yilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra ushbu sariyog‘ mahsulotlari iste’molchilarning hayoti va xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Tadbir yakuni bo‘yicha, umumiy narxi 1,3 mlrd. so‘mlik jami 23 625 kg iste’mol qilish muddati o‘tgan sariyog‘ mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan J.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0