Rossiyalik xonanda MakSim ilk bor Toshkentda konsert beradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPevitsa Maksim
Pevitsa Maksim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Artist yaqinda avariyaga uchragan va jiddiy jarohat olgan edi. Hozirda ahvoli yaxshilanmoqda. Xonanda Toshkentdagi konsert dasturi sanasini intizorlik bilan kutapti.

TOShKENT, 17-may - Sputnik. Aprel oyi oxirida jiddiy avariyaga uchragan xonanda MakSim, 25-may kuni Toshkentda konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda san’atkorning produseri Instagram da xabar bergan.

View this post on Instagram

A post shared by Margarita Sokolova (@sokllovamargarita) on

"Toshkent bizni kut! Biz albatta kelamiz. San’atkor ahvoli yaxshilanmoqda va bu uning ilk konserti bo‘ladi. Va biz bu dasturni o‘tkazib yubormoqchi emasmiz. Shifokorlar ham bizni qo‘llab-quvvatladi. Bularning barchasini bizni Toshkentda kutayotganlar uchun yozayapman. Uchrashguncha", - deb yozgan Margarita Sokolova.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik xonanda MakSim (Marina Abrosimova) o‘z avtomobilida yangi klipini suratga olish uchun aeroportga shoshilayotgan vaqtida jiddiy YTHga uchragan edi.

Sal vaqt o‘tib, artist o‘z sog‘lig‘i uchun qayg‘urgan muxlislariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, xonanda 2006-yilning 28-martida "Trudniy vozrast" deb nomlangan albomni chiqarishi bilan, shuhrat qozongan. Qo‘shiqlar to‘plami 1,5 million nusxalarda tarqalgan va 2007-yilda MakSim Rossiyaning tijoriy jihatdan eng omadli xonandalaridan biriga aylangan edi.

Qisqa vaqt ichida MakSim Rossiya va MDH davlatlarining eng mashhur xonandalariga aylana oldi.

MakSim shuningdek, MDH mamlakatlari radiochartida xit-taronalar bo‘yicha rekord o‘rnatgan xonandadir. Xonandaning yettita taronasi birinchilikkacha yetib borgan va reyting shohsupasida umumiy hisobda 34 hafta turgan.

Yangiliklar lentasi
0