Bishkekda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevKpp na granitse
Kpp na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qo‘shma dala ishlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

TOShKENT, 17-may - Sputnik. 13-16-may kunlari Bishkek shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi delimitatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlari ikki davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Ustanovka ograjdeniya na granitse, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki hududdan o‘tuvchi chegara chizig‘ini belgiladi

Shuningdek, uchrashuvda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qo‘shma dala ishlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Muzokalar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Kanibek Botobayev tegishli protokolni imzoladilar, deyiladi xabarda. 

Navbatdagi uchrashuvni O‘zbekiston hududida o‘tkazish rejalashtirilgan.

2018 yilning mart oyida Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bilan chegara delimitatsiyasini tezlashtirish topshirig‘ini bergan edi. Shundan so‘ng bu borada ishlar jadal tus oldi, xususan may oyidagi muzokaralarda davlatlararo chegaraning qolgan uchastkalarni tavsiflash bo‘yicha ish davom ettirilib, ikki mamlakat chegara hududlari aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ko‘rib chiqdilar.

Iyul oyida O‘sh shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda G‘ova uchastkasi va qisman G‘ovasoydan o‘tuvchi chegara chizig‘i belgilangan edi.

O‘tgan yil avgust oyida shuningdek, O‘zbekiston va Qig‘iziston teng bo‘lakli yer maydonlari bilan almashishi haqida xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida so‘nggi 10-yil davomida ilk bor ijobiy natijaga Davlat chegarasi haqidagi dastlabki shartnoma imzolanganidan keyin erishilgan edi. Ayni vaqtda ikki davlat chegarasi delimitatsiyasi ishlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari tasdiqlagan reja-grafigi asosida o‘tkazilib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0