Krossovka tagiga yashirilgan oltin zanjirlar: shaxsiy ko‘rikda yana nima topildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKrossovki
Krossovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oyoq kiyim tagligida og‘irligi 232 gramm kumushdan yasalgan, qiymati 7 million so‘mlik 17 juft zirak, 22 dona uzuk, 11 dona zanjir, 4 dona bilak zanjirlari va 5 dona zanjir zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Toshkent viloyatida chegara orqali zargarlik buyumlarni noqonuniy olib o‘tish huquqbuzarlik holatlari haqida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida aniqlandi.

Qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro B.I. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ushbu shaxs kiyimlari ichiga polietilin paketga o‘rab yashirib olgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan og‘irligi 168 gramm sariq rangli metalldan yasalgan, qiymati 50 million so‘mlik 15 dona uzuk, 2 dona bilaguzuk, 7 juft zirak, 3 dona zanjir va 3 dona kulon zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.

© Press-slujba GTK RUzTamojenniki obnarujili spratannie v podoshve obuvi yuvelirnie ukrasheniya
Krossovka tagiga yashirilgan oltin zanjirlar: shaxsiy ko‘rikda yana nima topildi - Sputnik O‘zbekiston
Tamojenniki obnarujili spratannie v podoshve obuvi yuvelirnie ukrasheniya

Yana bir holatda fuqaro I.L. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning oyoq kiyimlari tagligiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, og‘irligi 232 gramm kumushdan yasalgan, qiymati 7 million so‘mlik 17 juft zirak, 22 dona uzuk, 11 dona zanjir, 4 dona bilak zanjirlari va 5 dona zanjir zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

“Fuqaro M.Z.ning bezovtalanishi ziyrak bojxona xodimlarida bejiz shubha uyg‘otmagan ekan. Ushbu fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, oyoq kiyimlarining tagligiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, og‘irligi 448 gramm oq metalldan yasalgan, qiymati 13 million so‘mlik
30 juft zirak, 42 dona uzuk, 9 dona kulon, 31 dona zanjir va 5 dona bilak zanjir zargarlik buyumlarini yashirib olib o‘tishga bo‘lgan urinishini oldi olindi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0