Toshkent xalqaro aeroportida Suriyaga terrorchilik maqsadida ketayotgan aka-uka qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchining mobil telefonlari xotiralarida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar mavjudligi aniqlangan.

TOShKENT, 6-may – Sputnik. Toshkent shahar IIBB aka-uka fuqarolar Ubaydulla va Ismatulla Bahromovlarning noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risida bayonot berdi.

“Xususan, joriy yilning 20-aprel kuni 1985 y.t. Bahromov Ubaydulla Gaybullayevich va 1987 y.t. Bahromov Ismatulla Gaybullayevich Suriya davlati hududidagi xalqaro terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportiga ketayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, tekshiruv davomida ularning yonlaridan “Toshkent – Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha 20-aprel kungi reysga sotib olingan aviabiletlar va mobil telefonlari belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
“Islom davlati”ning Markaziy Osiyo jangarilariga javobgar bo‘lgan boshliq yo‘q qilindi

Shuningdek, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, Bahromov U.G.ning mobil telefonlari xotiralarida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar mavjudligi aniqlangan.

Xabarda Bahromov U.G. va Bahromov I.G.larning harakatlarida O‘zbekiston JKning 244.2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ta’kidlangan.

Ekspert ID yetakchisi al-Bag‘dodiy aks etgan video paydo bo‘lishini xavfli hodisa, deya baholadi

Avvalroq ayrim ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahrida go‘yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mazkur fuqarolarToshkent shahar IIBB tomonidan noqonuniy hibsga olinganligi va ularga nisbatan nohaq ayblov qo‘yilayotganligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

“Islom davlati” rahbari so‘nggi besh yil ichida birinchi marta ko‘rinish berdi - video

Yangiliklar lentasi
0